Yagona elektron platforma orqali qayta tiklanadigan energiya manbalari uskunalarini sotishningning umumiy qoidalari boʼyicha “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” uchun ommaviy Ofertasi

Yagona elektron platforma orqali qayta tiklanadigan energiya manbalari uskunalarini sotishningning umumiy qoidalari boʼyicha “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” uchun ommaviy Ofertasi  

 

Mazkur ommaviy oferta (keyingi oʼrinlarda – oferta) Energetika vazirligi huzuridagi tarmoqlararo energiyani tejash Jamgʼarma (keyingi oʼrinlarda – Jamgʼarma)sining qayta tiklanadigan energiya manbalarining qurilmalarini foizsiz boʼlib boʼlib toʼlash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali xarid qilishning yagona axborot portalidan foydalanishning umumiy shartlarini oʼz ichiga oladi.  

  1. АTАMАLАR VА TА RIFLАR

1.1. Ushbu ommaviy ofertada keltirilgan atamalar quyidagicha maʼnolarni anglatadi va uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi:  

Ommaviy oferta – Platformadan foydalanish uchun jismoniy shaxsga yuborilgan rasmiy taklif. Ommaviy ofertaning amal qilishi Oʼzbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.  

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari (keyingi oʼrinlarda – QTEM) qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, oʼzgartirish, toʼplash va (yoki) uzatish, shuningdek hisobga olish boʼyicha texnologik asbob-uskunalar majmuasi, texnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;  

“Xaridor” – Platforma orqali QTEMni boʼlib foizsiz boʼlib toʼlash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali xarid qilishni rejalashtirgan jismoniy shaxs.  

“Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” – “Xaridor”ga Platforma orqali QTEMni kaliti bilan (pod klyuch) sotuvchi xoʼjalik yurituvchi subʼekt.  

Аktsept – ofertani qabul qilgan jismoniy shaxsning uni qabul qilish toʼgʼrisidagi toʼliq va eʼtirozsiz javobi.   

Bitim – “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” va “Xaridor” (keyingi oʼrinlarda –Tomonlar) oʼrtasida QTEM qiymatini foizsiz boʼlib boʼlib toʼlash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali sotish va sotib olish toʼgʼrisida elektron hujjat.  

Birgalikda toʼlovchi –Tomonlar oʼrtasida tuziladigan Bitim boʼyicha “Xaridor”ning foizsiz boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan xarid qilinadigan QTEM toʼlovlarini toʼlashda daromadi yetmagan qismi uchun “Ishlab chiqaruvchi/sotuvchi” oldidagi majburiyatlari boʼyicha birgalikda toʼliq javobgar shaxs.  

Kafillik shartnomasi - Kafillik shartnomasi boʼyicha “Xaridor” majburiyatini toʼla yoki qisman bajarishi uchun uning “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” oldida javob berishni oʼz zimmasiga olishi aks ettirilgan xujjat.  

Kafil – “Xaridor” tomonidan Bitim doirasida tuziladigan kafillik shartnomasi asosida uning barcha majburiyatlari boʼyicha birgalikda solidar tartibda javobgar shaxs.  

Jamgʼarma –Platforma orqali Tomonlar imzolagan Bitim doirasida “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ga QTEMlar qiymatining bir qismiga kompensatsiya ajratish yoki QTEM toʼliq summasini qaytarib berish sharti bilan pul mablagʼlarini ajratuvchi davlat muassasasi.  

Platformaga xizmat koʼrsatuvchi –Jamgʼarma tomonidan konkurs asosida tanlab olingan IT kompaniya.   

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yagona elektron platformasi – qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yagona elektron platforma (keyingi oʼrinlarda – Platforma);Noxalol taʼminotchi – belgilangan talablar asosida Platformaning marketpleys tizimidan chetlatilgan xoʼjalik yurituvchi subʼekt.  

  1. UMUMIY QOIDАLАR

2.1. Platformadan “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ni roʼyxatdan oʼtish, “Xaridor” soʼrovnomalarini rasmiylashtirish marketpleys sahifasida joylashtirilgan QTEM toʼliq qiymatida kompensatsiyani chegirilgan holda yoki foizsiz boʼlib-boʼlib toʼlash yoʼli bilan sotib olish toʼgʼrisidagi elektron hujjat koʼrinishidagi tijorat Bitimni tuzish vujudga kelgan munosabatni tartibga soladi.  

2.2. Platforma orqali QTEMni sotib olish jarayoni (toʼliq qiymatida kompensatsiyani chegirilgan holda yoki foizsiz boʼlib-boʼlib toʼlash) Oʼzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʼgʼrisidagi”, “Elektron hujjatlar almashinuvi toʼgʼrisidagi”, “Elektron raqamli imzo toʼgʼrisidagi” Qonunlariga, “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari” va amaldagi boshqa normativ huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.  

  1. QTEM XUSUSIY A TI VА NАRXI

3.1. “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan Platforma marketpleysida QTEMni xususiyatlari tavsiflangan holda rasm va namunalar orqali taqdim etadi.  

3.2. Monitorning turli xil texnik xususiyatlari tufayli QTEM rangi Platformada taqdim etilganidan farq qilishi mumkin.  

3.3. QTEMning tashqi koʼrinishi Platformada tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.  

3.4. Platformadagi tasvir-namunalari koʼrinishida taqdim etilgan QTEM “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ning xususiy mulki hisoblanadi.  

3.5. Platformaga joylashtirilgan har bir QTEMning narxi alohida “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan mustaqil belgilanadi.  

3.6. Platformaga joylashtirilgan QTEM narxi Oʼzbekiston Respublikasi milliy valyutasi - Soʼmda, shuningdek QQS ishlatilsa QQS hisobga olingan holda va/yoki QQS hisobga olinmagan holda koʼrsatiladi.  

3.7.QTEM narxi “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ning Platforma marketpleysida QTEM toʼgʼrisidagi maʼlumotlar saqlanayotgan muddat davomida haqiqiydir.  

3.8. Platformadagi xar bir QTEMning narxi bir tomonlama eʼtirozsiz tartibda belgilanadi va marketpleysda koʼrsatiladi.  

3.9. Platforma orqali “Xaridor” tomonidan buyurtma berilgan QTEMning narxini “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan “Xaridor”ning manfaatiga zid keladigan holatlar boʼyicha (yaʼni QTEMning narxini oshirish pozitsiyasi boʼyicha) oʼzgartirish huquqi cheklanadi.  

  1. BITIMNI RАSMIYLАS H TIRIS H TАRTIBI

4.1.“Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” “Xaridor”ning QTEMni xarid qilishga bergan buyurtmasini qabul qiladi.  

4.2.“Xaridor” iltimosiga binoan Platforma marketpleysi menejeri, QTEMni sotib olish toʼgʼrisida qaror qabul qilish uchun zarur va yetarli boʼlgan qoʼshimcha maʼlumotni elektron shaklda (elektron pochta orqali) taqdim qiladi.  

4.3.Bitim tuzishda “Xaridor”ning identifikatsiyasini amalga oshirish uchun elektron formatda yoki qogʼoz nusxasidagi hujjatlarni “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ga Platforma “Xaridor” shaxsiy kabineti orqali taqdim qiladi.  

4.4.Bitim “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan Xaridorni identifikatsiyadan oʼtkazilgandan soʼng “Xaridor”ning uyali telefon raqamiga yuborilgan “SMS-kod”ni tasdiqlash orqali tuziladi.   

4.5.Bitim boʼyicha oʼzaro munosabatlar boshlanish sanasi deb, “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan “Xaridor” Soʼrovnomasi maʼqullangani toʼgʼrisida “Xaridor”ning shaxsiy kabinetiga xabar yoki uyali telefon raqamiga “SMS” - xabar yuborish sanasi hisoblanadi.  

4.6.“Xaridor” tomonidan Platforma orqali QTEMga buyurtma berishi, uning tomonlar oʼrtasidagi Bitim talablariga eʼtirozsiz ravishda roziligini anglatadi.  

 

  1. TАRАFLАRNING HUQUQLАRI VА MАJBURIY A TLАRI

5.1. “Xaridor”ning majburiyatlari:  

5.1.1.“Xaridor” Bitimni tasdiqlashdan oldin Bitimning shartlari, “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan Platformaga joylashtirilgan QTEMning narxlari va u bilan bogʼliq maʼlumotlar bilan toʼliq tanishib chiqishi lozim.  

5.1.2. Foizsiz boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan sotilgan QTEM boʼyicha toʼlovlarni qaytarilishi taʼminlash maqsadida, “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ning talabi bilan uchinchi shaxs kafilligini taqdim etishi.   

5.1.3. Yagona elektron platforma uchinchi shaxslar huquqlarini buzuvchi, gʼayriqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik.  

5.1.4. Shaxsiy kabinetning identifikatsiya maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik.  

5.1.5. Shaxsiy kompьyuter, smartfon va boshqa elektron toʼlov va shaxsiy maʼlumot vositalarining ishga yaroqliligi, maʼlumotlar himoyasi va xavfsizligini tegishli tarzda taʼminlash.   

5.1.6. “Xaridor”ning shaxsiy roʼyxatdan oʼtish maʼlumotlari oʼzgarganligi toʼgʼrisida Platformada “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” zudlik bilan xabardor qilish, shu jumladan:  

    • bank rekviziti oʼzgartirilganda (bank toʼlov kartasi);

    • asosiy mobil aloqa raqami oʼzgartirilganda;

    • yashash manzili oʼzgartirilganda.

5.2. “Xaridor”ning huquqlari  

5.2.1.Platformaga joylashtirilgan QTEMni xarid qilishda, ularning tavsifi boʼyicha “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”dan qoʼshimcha maʼlumotlarni soʼrab olish.  

5.2.2. Foizsiz boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan QTEM xarid qilishi uchun, “Birgalikda toʼlovchi” shaxsni jalb etishi.  

6.1. “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ning majburiyatlari:  

6.1.1. Platformaga joylashtirilgan QTEM toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar kiritishi shart.  

6.1.2. Platformaga joylashtirilgan QTEM toʼgʼrisida kiritilgan maʼlumotlar va ularning aniqligi va toʼgʼriligi uchun javobgar hisoblanadi.  

6.1.3. Platforma orqali “Xaridor” QTEMni foizsiz boʼlib boʼlib toʼlash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali xarid qilish istagini bildirganda “Xaridor” va Birgalikda toʼlovchi fuqaroning” toʼlov qobiliyatidan kelib chiqib QTEMni sotadi.   

6.1.4. “Xaridor” tomonidan tanlangan va Bitim imzolagandan soʼng QTEMni 10 (oʼn) ish kuni davomida yetkazib berilishi va kaliti bilan (pod klyuch) oʼrnatilishi taʼminlaydi.  

6.1.5. “Xaridor”ga oʼrnatilgan QTEMning Bitimda koʼrsatilgan kafolat muddati davomida “Xaridor”ga (tekin) servis xizmatini koʼrsatish.  

6.2. “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ning huquqlari:  

6.2.1.QTEMni yetkazib berish bilan yoki uning boshqa jihatlari bilan bogʼliq maʼlumotlarga ni “Xaridor”dan soʼrash huquqiga ega.  

6.2.2.“Xaridor”dan xarid qilingan QTEMni oʼrnatish jihatlari bilan bogʼliq, yetkazib berilishi, yetkazish manzili va boshqa maʼlumotlarni olish.  

6.2.3.“Xaridor”dan foizsiz boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan sotilgan QTEM boʼyicha toʼlovlarni qaytarilishi taʼminlash maqsadida, uchinchi shaxs kafilligi olinishi mumkin.  

  1. BOSHQA SHARTLAR

7.1. Jamgʼarma Platformani sutka davomida uzluksiz ishlashini taʼminlaydi va maʼlumotlar xavfsizligini oʼrnatish hamda uni doimiy ravishda takomillashtirib boradi.  

7.2.“Jamgʼarma” Tomonlarnini oldindan ogohlantirmagan holda oferta shartnomasining shartlariga oʼzgartirish kiritish huquqiga va bu toʼgʼrisida Platformada maʼlumot eʼlon qilinadi  

7.3. “Jamgʼarma” “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan Platformaga notoʼgʼri maʼlumotlar joylashtirilgan holatlar aniqlanganda Noxalol taʼminotchilar roʼyxatiga kiritadi.  

7.4. “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” “Xaridor”ning kredit tarixini tegishli maʼlumotlar bazasidan shakllantirishga va shaxsiy maʼlumotlardan “Xaridor”ning toʼlov imkoniyatini aniqlash uchun foydalanish, mazkur maʼlumotlarni sir saqlanishini taʼminlaydi.  

7.5.”Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” Platformaga joylashtirgan har bir QTEMning narxini “Jamgʼarma”ni ogohlantirgan holda oʼzgartirishi mumkin.  

7.6.“Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” oʼz tanloviga koʼra “SMS” - xabarlar xizmatidan “Xaridor”ni buyurtmaning bajarilish holati toʼgʼrisida, shuningdek, , telefon qoʼngʼiroqlari yordamida va/yoki elektron pochta orqali “Xaridor” roʼyxatdan oʼtish vaqtida koʼrsatgan elektron manzilga xabar yuborib, xabardor qilishi mumkin.   

  1. YAKUNIY QOIDАLАR

8.1.Taraflar ushbu shartnoma shartlari doirasida bir birlarining majburiyatlari uchun javobgar emas.  

8.2.“Taraflar” uchun mazkur oferta shartnomasida belgilangan majburiyatlarning amal qilishi ular ushbu shartnoma doirasidagi majburiyatlarini toʼliq bajarganlaridan soʼng tugagan hisoblanadi.