Yagona elektron platforma orqali qayta tiklanadigan energiya manbalari uskunalarini qiymatini foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali sotib olishning umumiy qoidalari bo‘yicha Xaridor uchun ommaviy Ofertasi

Yagona elektron platforma orqali qayta tiklanadigan energiya manbalari uskunalarini qiymatini foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali sotib olishning umumiy qoidalari bo‘yicha Xaridor uchun ommaviy Ofertasi

Mazkur ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda – oferta) Energetika vazirligi huzuridagi tarmoqlararo energiyani tejash Jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma)sining qayta tiklanadigan energiya manbalarining qurilmalarini foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali xarid qilishning yagona axborot portalidan foydalanishning umumiy shartlarini o‘z ichiga oladi.

1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR

1.1. Ushbu ommaviy ofertada keltirilgan atamalar quyidagicha ma’nolarni anglatadi va uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi:

Ommaviy oferta – Platformadan foydalanish uchun jismoniy shaxsga yuborilgan rasmiy taklif. Ommaviy ofertaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari (keyingi o‘rinlarda – QTEM) qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, o‘zgartirish, to‘plash va (yoki) uzatish, shuningdek hisobga olish bo‘yicha texnologik asbob-uskunalar majmuasi, texnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;

“Xaridor” – Platforma orqali QTEMni bo‘lib foizsiz bo‘lib to‘lash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali xarid qilishni rejalashtirgan jismoniy shaxs.

“Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” – “Xaridor”ga Platforma orqali QTEMni kaliti bilanfoydalanishga tayyor xolda (pod klyuch) sotuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.

Aksept – ofertani qabul qilgan jismoniy shaxsning uni qabul qilish to‘g‘risidagi to‘liq va e’tirozsiz javobi.

Bitim – “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” va “Xaridor” (keyingi o‘rinlarda –Tomonlar) o‘rtasida QTEM qiymatini foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash yoki xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish orqali sotish va sotib olish to‘g‘risida elektron hujjat.

Birgalikda to‘lovchi–Tomonlar o‘rtasida tuziladigan Bitim bo‘yicha “Xaridor”ning foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilinadigan QTEM to‘lovlarini to‘lashda daromadi yetmagan qismi uchun “Ishlab chiqaruvchi/sotuvchi” oldidagi majburiyatlari bo‘yicha birgalikda to‘liq javobgar shaxs.

Kafillik shartnomasi - Kafillik shartnomasi bo‘yicha “Xaridor” majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” oldida javob berishni o‘z zimmasiga olishi aks ettirilgan xujjat.

Kafil – “Xaridor” tomonidan Bitim doirasida tuziladigan kafillik shartnomasi asosida uning barcha majburiyatlari bo‘yicha birgalikda solidar tartibda javobgar shaxs.

Jamg‘arma–Platforma orqali Tomonlar imzolagan Bitim doirasida “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ga QTEMlar qiymatining bir qismiga kompensatsiya ajratish yoki QTEM to‘liq summasini qaytarib berish sharti bilan pul mablag‘larini ajratuvchi davlat muassasasi.

Platformaga xizmat ko‘rsatuvchi–Jamg‘arma tomonidan konkurs asosida tanlab olingan IT kompaniya.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona elektron platformasi – qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona elektron platforma (keyingi o‘rinlarda – Platforma);


2. UMUMIY QOIDALAR

2.1.”Xaridor” tomonidan Platforma marketpleysida joylashtirilgan QTEMni to‘liq qiymatida kompensatsiyani chegirilgan holda yoki foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan sotib olish to‘g‘risidagi elektron hujjat ko‘rinishidagi tijorat Bitimni tuzishda vujudga kelgan munosabatni tartibga soladi.

2.2. Platforma orqali QTEMni sotib olish jarayoni (to‘liq qiymatida kompensatsiyani chegirilgan holda yoki foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash) O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risidagi”, “Elektron hujjatlar almashinuvi to‘g‘risidagi”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi” Qonunlariga, “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari” va amaldagi boshqa normativ huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.

2.3.Platformadan ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Xaridor o‘zi xaqida, Birgalikda to‘lovchi xamda Kafillar xaqida quyidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi lozim.

2.3.1. Passport/Id karta seriya va raqami

2.3.2. Tug`ilgan kuni

2.3.3. Biometrik parametrlari (rasmga olish orqali olinadi)

2.3.4. Manzili

2.3.5. Telefon raqami (plastik kartaga ulangan)

2.3.6. So‘m plastik kartochka rekvizitlari


3. BITIMNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI

3.1.Bitim tuzishdan oldin “Xaridor” O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi shartlari va talablariga muvofiq uning identifikatsiyasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni elektron formatda yoki qog‘oz nusxasini “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” mas’ul xodimiga yoki Platformadagi shaxsiy kabineti orqali taqdim qiladi.

3.2.Bitim “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan Xaridorni identifikatsiyadan o‘tkazilgandan so‘ng “Xaridor”ning uyali telefon raqamiga yuborilgan “SMS-kod”ni tasdiqlash orqali tuziladi.

3.3. Bitim bo‘yicha o‘zaro munosabatlar boshlanish sanasi deb, “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan “Xaridor” So‘rovnomasi ma’qullangani to‘g‘risida “Xaridor”ning shaxsiy kabinetiga xabar yoki uyali telefon raqamiga “SMS” - xabar yuborish sanasi hisoblanadi.

3.4. Xaridor” tomonidan Platforma orqali QTEMga buyurtma berishi, uning tomonlar o‘rtasidagi Bitim talablariga e’tirozsiz ravishda roziligini anglatadi.


4. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

4.1. “Xaridor”ning majburiyatlari:

4.1.1.“Xaridor” Bitimni tasdiqlashdan oldin Bitimning shartlari, “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” tomonidan Platformaga joylashtirilgan QTEMning narxlari va u bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan to‘liq tanishib chiqishi lozim.

4.1.2. Foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan QTEM bo‘yicha to‘lovlarni qaytarilishi ta’minlash maqsadida, “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ning talabi bilan uchinchi shaxs kafilligini taqdim etishi.

4.1.3. Yagona elektron platforma uchinchi shaxslar huquqlarini buzuvchi, g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik.

4.1.4. Shaxsiy kabinetning identifikatsiya ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik.

4.1.5. Shaxsiy kompyuter, smartfon va boshqa elektron to‘lov va shaxsiy ma’lumot vositalarining ishga yaroqliligi, ma’lumotlar himoyasi va xavfsizligini tegishli tarzda ta’minlash.

4.1.6.“Xaridor” kredit tarixini shakllantirishga va o‘zi to‘g‘risidagi kredit ma’lumotlarini “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” bilan almashinishga, shuningdek, Bitimni tuzish va uni amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar ko‘rilishi uchun o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlanishiga to‘la roziligini bildiradi.

4.1.7.To‘lov jadvali bo‘yicha to‘lov kunidan 1 kun oldin ogohlantiruvchi hamda muddatli to‘lovning muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida “SMS-xabar” jo‘natilishi va telefon orqali qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilishiga qarshi emas hamda quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:

a) “SMS-xabar”yuborish uchun taqdim etilgan mobil telefon raqami o‘zgarganda ushbu o‘zgarish haqida “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ni xabardor qilish va yangi mobil telefon raqamini “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ga taqdim etish;

b) “Xaridor” mobil telefon raqami o‘zgarganligi haqida “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ni o‘z vaqtida ogohlantirmaganligi sababli kelib chiqadigan ya’ni, “SMS-xabar” “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ga berilgan dastlabki telefon raqamidan yangi foydalanuvchiga yuborilganligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar uchun javobgar;

4.1.8. “Xaridor” bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi yuzasidan uning nomiga ochilgan barcha bank kartasidan muddatidan kechiktirilgan to‘lovlarni, shuningdek u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni akseptsiz (avtospisaniya) ravishda yechib olinishi va mablag‘lar hisobdan chiqarilganligi bo‘yicha “SMS-xabar” yuborilishiga roziligini bildiradi.

4.1.9. “Xaridor” bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi yuzasidan to‘lov tizimlari va tashkilotlari orqali to‘lovlar amalga oshirilganda vositachilik haqlarini ushlab qolinishiga roziligini bildiradi.

4.1.10. “Xaridor”ning shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari o‘zgarganligi to‘g‘risida Platformada “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”ni zudlik bilan xabardor qilish, shu jumladan:

· bank rekviziti o‘zgartirilganda (bank to‘lov kartasi);

· yashash manzili o‘zgartirilganda.

4.2. “Xaridor”ning huquqlari

4.2.1.Platformaga joylashtirilgan QTEMni xarid qilishda, ularning tavsifi bo‘yicha “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”dan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish.

4.2.2. Foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan QTEM xarid qilishi uchun, “Birgalikda to‘lovchi” shaxsni jalb etishi.

4.2.3. Bitim imzolagandan so‘ng “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi”dan QTEMni 10 (o‘n) ish kuni davomida yetkazib berilishi va kaliti bilan (pod klyuch) o‘rnatilishini talab qilishi.

4.2.4.O‘rnatilgan QTEMning Bitimda ko‘rsatilgan kafolat muddati davomida tekin servis xizmatini ko‘rsatishni talab qilish.


5. BOSHQA SHARTLAR

5.1. Jamg‘arma Platformani sutka davomida uzluksiz ishlashini ta’minlaydi va ma’lumotlar xavfsizligini o‘rnatish hamda uni doimiy ravishda takomillashtirib boradi.

5.2.“Jamg‘arma” Tomonlarnini oldindan ogohlantirmagan holda oferta shartnomasining shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqiga va bu to‘g‘risida Platformada ma’lumot e’lon qilinadi

5.3. Platformani ishlash doirasida “Xaridor” o‘ziga va/yoki birgalikda to‘lovchi/ kafil bilan bog‘liq doir ma’lumotlarni Jamg‘armaga va Platformaga xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga ularning so‘roviga asosan taqdim etadi va qayta ishlashga rozilik beradi va shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga beriladigan roziligi muddatsiz hisoblanadi.

5.4. “Sotuvchi/ishlab chiqaruvchi” “Xaridor”ning kredit tarixini tegishli ma’lumotlar bazasidan shakllantirishga va shaxsiy ma’lumotlardan “Xaridor”ning to‘lov imkoniyatini aniqlash uchun foydalanish, mazkur ma’lumotlarni tegishli davlat organlariga ularning qonuniy talablariga asosan taqdim qilishi mumkin.


6. YAKUNIY QOIDALAR

6.1. “Tomonlar” ushbu oferta doirasida bir birlarining majburiyatlari uchun javobgar emas.

6.2. “Taraflar” uchun mazkur oferta shartnomasida belgilangan majburiyatlarning amal qilishi ular ushbu shartnoma doirasidagi majburiyatlarini to‘liq bajarganlaridan so‘ng tugagan hisoblanadi.